OAV vakillari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida


PRЕSS-RЕLIZ

Mamlakatimizda jami 9 mingdan ortiq qurilish materiallari korxonalari mavjud bo‘lib, 180 turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Keyingi 5 yilda mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilgan ijobiy islohatlar natijasida qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlarda rivojlandi.

Xususan, qurilish materiallari sanoatining yillik ishlab chiqarish hajmi 2017 yildagi 8,1 trln so‘mdan 2021 yilda 24,2 trln so‘mga (3 barobar) oshdi. Sohaga 2017 yilda 560 mln dollarlik investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 1,4 mlrd dollarga yetdi.

Shuningdek, eksport hajmi 71,4 mln dollardan 438,1 mln dollarga (6,1 barobar) yetkazildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish 103,2 mlrd so‘mdan 923 mlrd so‘mni tashkil etib, 8,9 barobarga oshgan.

Joriy yilning I yarim yilligida qurilish materiallari sanoatida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 15,0 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 108 foizni tashkil etdi.

Ushbu davrda sohaga 758 mln dollarlik investitsiyalar jalb etildi (o‘sish 128%), 287,0 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi (o‘sish 2 barobar), 268,0 mln dollarlik qurilish materiallari importdan olib kirildi (o‘sish 2 barobar), mahalliylashtirish dasturi doirasida 514,9 mlrd so‘mlik maxsulotlar ishlab chiqarildi (o‘sish 128%). Shuningdek, ushbu davrda 4 833 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etildi (o‘sish 111%).

2022 yil yakuni bilan soha bo‘yicha 27,6 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi, 1,8 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi, 690,0 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi, mahalliylashtirish dasturi doirasida 981 mlrd so‘mlik maxsulotlar ishlab chiqarilishi hamda 20 908 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi kutilmoqda.

Shuning bilan birga, joriy yil yakuni bilan 470,0 mln dollarlik qurilish materiallari import qilinishi belgilangan.

Soha korxonalari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida jami 287,0 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilinib, rejaga (232,8 mln doll.) nisbatan 123 foizga bajarilgan va o‘tgan yilga nisbatan 1,9 barobarni tashkil etgan.

Jumladan, 64,6 mln dollarlik keramika mahsulotlari, 86,7 mln dollarlik PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari, 82,1 mln dollarlik metall buyumlar, 38,0 mln dollarlik alyumin profil va alyumindan yasalgan mahsulotlar eksport qilingan.

Asosiy eksport yo‘nalishlari Qozog‘iston (jami eksportning 29 %), Qirg‘iziston (16 %), Tojikiston (15 %), Rossiya (7 %) kabi davlatlar hisoblanadi.

2022 yil yakuni bilan soha bo‘yicha qurilish materiallarini eksporti 690 mln dollar miqdorida belgilangan.

Joriy yilning o‘tgan davrida jami 268,0 mln dollarlik tayyor qurilish materiallari import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilga (276,1 mln doll.) nisbatan 97 foizni tashkil etgan.

Jumladan, 65,2 mln dollarlik DSP (292 ming m3), 42,5 mln dollarlik sement (1,06 mln tn), 25,3 mln dollarlik gulqog‘oz (7,2 ming tn), 25,3 mln dollarlik lok-bo‘yoq (10,1 ming tn), 19,1 mln dollarlik PVXda quvur va fitinglar (7,1 ming tn) kabi mahsulotlar import qilingan.

Import asosan Rossiya (jamiga nisbatan 32,1 %), Qozog‘iston (19,8 %), Xitoy (10,6 %), Tojikiston (7,2 %) kabi davlatlardan amalga oshirilgan.

Mahalliylashtirish dasturiga asosan joriy yilning ushbu davrida 13 turdagi qurilish materiallari bo‘yicha jami 515 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan reja 116 foizga bajarilgan.

Xususan, dastur doirasida 18 ming dona keramik sanitar-texnik buyumlar, 1,8 mln kv m linoleum, 832 ming kv m keramogranit, 1,8 ming tonna payvandlash elektrodlari kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.

2022 yil yakuni bilan mahalliylashtirish dasturi doirasida 981 mlrd so‘mlik 13 turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish belgilangan.

Joriy yilning o‘tgan davrida umumiy qiymati 758 mln dollarlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, reja 120 foizga bajarilgan.

2022 yil yakuni bilan qiymati 1 802 mln dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi va o‘tgan yilga nisbatan 127 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Xususan, ushbu loyihalarning 35 tasi yirik loyihalar, 132 tasi o‘rta loyihalar hamda 652 tasi kichik loyihalarni tashkil etadi.Shuningdek, joriy yilda qiymati 1,8 mlrd dollarlik 819 ta loyihalar ishga tushiriladi va 20,9 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 21 fevraldagi PQ-139-son qaroriga asosan respublikaning 8 ta tumanida (Buloqboshi, Qorovulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Sariosiyo, Ohangaron va O‘zbekiston tumanlari) qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi qurilish materiallari klasterlarini tashkil etish hamda 16 ta tuman va shaharlarda boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasi tashkil etilib, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Xususan, bugungi kunda, mazkur ixtisoslashgan tumanlarda qiymati 1,6 mlrd dollarlik 150 ta loyiha shakllantirilgan va 7,8 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu klasterlarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 2022-2023 yillarda davlat budjetidan 200 mlrd so‘m, shundan joriy yilda 101 mlrd so‘m hamda geologiya-qidiruv ishlari uchun 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Natijada, Yangi O‘zbekiston massivlarini barpo etishda ob’ektlarning qurilish muddati va tannarxini kamaytirish imkoni yaratiladi.


Press-relizlar
Yuklab olish
Hajmi: 276.76 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech