Aholi va tadbirkorlari murojaatlari o‘rganilmoqda - PRЕSS-RЕLIZ


PRЕSS-RЕLIZ

2022-yilda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 98 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 47 ta hamda bevosita uyushmaga 51 ta murojaat yo‘llangan.

Bevosita uyushmaga kelib tushgan murojaatlardan 14 tasi qanoatlantirilgan, 14 tasiga tushuntirish berilgan. Qolgan 23 tasi esa tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga ijroga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlardan 6 tasi qanoatlantirilgan, 17 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 18 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Tahlillar natijasida aksariyat murojaatlar uyushma tizimidagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishga kirish va tiklash, mutaxasisligi bo‘yicha ishlash bo‘yicha 35 ta murojaat yoki 76%, ijtimoiy to‘lovlar ish haqi, moddiy yordam, kompensatsiyalar bo‘yicha 6 ta murojaat, rahbariyat qabuliga kirish, shikoyatlar kabi masalalar bo‘yicha 6 ta murojaatlar qilingan.

Ushbu tahlillar asosida Uyushma hamda tizim tashkilotlari bilan birgalikda murojaatlarni tizimli o‘rganish, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha doimiy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ijro intizomiga e’tibor qaratdigan bo‘lsak, 2022-yilda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 87 ta topshiriq yuklatilgan edi. Berilgan topshiriqlarning barchasi o‘z muddatlarida bajarildi.

Davlat Rahbari topshiriqlarining bayonnomalari. Hisobot davrida hududlarga tashriflar yakunlari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlar va ijtimoiy sohani rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishlarning 7 ta bayonnomasida uyushmaga belgilangan 7 ta topshiriq bajarildi.

2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishlarning 16 ta bayonnomasida uyushmaga belgilangan barcha topshiriq bajarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarorlari va Farmonlarida uyushmaga belgilangan 64 ta topshiriqning barchasi bajarildi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda mamlakatimizda jami 10 mingga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat ko‘rsatadi. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibida esa 158 ta korxona mavjud. Qurilish materiallari sohasida 2022 yilda jami 30,7 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Sohada jami 140 mingdan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatadi.


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech