“O'zqurilishmateriallari” AK a'zolarining umumiy majlisi


“O'zqurilishmateriallari” AK a'zolarining umumiy majlisi
KUN TARTIBI

2016 yil 14 oktyabr, soat 17-00

Toshkent sh.

1. 2016 yilning 9 oyi qurilish materiallari sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 2016 yil 13 oktyabrdagi 2016 yilning 9 oyi natijalari bo'yicha majlisida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalari so'zsiz bajarishni ta'minlash bo'yicha:

  • 2016 yilning 9 oyi bo'yicha iqtisodiyotning barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, raqobatbardoshlikni oshirish va qurilish materiallari sohasini diversifikatsiya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va 2016 yilning 4 choragi uchun vazifalarni belgilash;
  • eksportning belgilangan prognoz parametrlarini bajarish;
  • investitsiya dasturi, Mahalliylashtirish, texnik va texnologik qayta qurish dasturlarining bajarilishini ta'minlash;
  • yangi ish o'rinlarini tashkil etish va kasanachilikni rivojlantirish Dasturini bajarilishini ta'minlash;
  • biriktirilgan kasb-hunar kollejlariga amaliy yordam ko'rsatishning aniq chora-tadbirlari va 2016 yilda hamkorlikni yo'lga qo'yish;
  • qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini yig'ish va topshirish bo'yicha topshiriqni bajarish;
  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2016 yilda sanoatda ishlab-chiqarish harajatlarini qisqartirishga va mahsulotlar tannarxini pasaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” qarorining bajarilishi;
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2015 - 2019 yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida" 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-son qarorining bajarilishi;
  • ma'naviy va jismonan eskirgan qurilmalarni yangilash bo'yicha bajarilgan ishlar;
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340-son qarorining bajarilishi;
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi PQ-2615-son qarorining bajarilishi;
  • «Sog'lom ona va bola yili» Davlat dasturining bajarilishi;- ijro intizomining qonun va me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish qismi bo'yicha.

2. Boshqa masalalar.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 351.84 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech