2015 yilning 9 oyi uchun “O'zqurilishmateriallari” AK ish yakunlari

2015 yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1665,9 mlrd.so'mni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, belgilangan maqsadli ko'rsatkichlar 105,9% bo'lgani holda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 106% ni tashkil etdi.

136,7 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki 2014 yilning 9 oyi shu davriga nisbatan 110,9%.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 5951,7 ming tn. yoki o'tgan yilning shu davri uchun 107,2%, qurilish oynasi – 5,52 mln.kv.m (143,2%), keramik plitka – 674,3 ming m (245,5%), ohak – 14,8 ming tn. (3,7 marta) va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 41,38 mln. AQSh doll. yoki 2014 yilning 9 oyiga nisbatan 100,7%.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 9 466,24 mln.so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 117,3% ni tashkil etadi.

2015 yilning yanvar-sentyabr oylari uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining manzilli qismi doirasida 42,94 mln. AQSh doll. (o'tgan yilning shu davri uchun 141,2%), shundan 42,52 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi (o'tgan yilning shu davri uchun 137,8%).

2015-2019 yillarda tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan 2015 yilning yanvar-sentyabr oylari uchun 14,07 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi (prognozga nisbatan 102,0%) va ikkita loyiha ishga tushirildi:

1. “Qizilqumtsement” AJda ohak ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi va 45 ta yangi ish joylari tashkil etildi;

2. “Qizilqumtsement” AJning 2-7-sonli tsement tegirmonlarida avtomatlashtirilgan tasmali tarozi dozatorlarini o'rnatish bilan tsementni tortishda dozalash komponentlari tizimini modernizatsiyalash” loyihasi.

O'tkazilgan texnik auditga asosan kompaniya korxonalari tomonidan amalda joriy yilning 9 oyida prognoz ko'rsatkichi 1554,2 ming AQSh doll. bo'lgani holda 2471,3 ming AQSh doll. (159%) o'zlashtirildi, reja bo'yicha 85 ta uskuna o'rniga amalda 122 ta uskuna yalmashtirildi va yangilandi.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2015 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra debitor qarzdorlik 198,7 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 98,9%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2015 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 161,6 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 98,6%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha umuman olganda “O'zqurilishmateriallari” AK bo'yicha shaxsiy aylanma mablag'lar etarli.

Byudjetga va pensiya jamg'armasiga to'lovlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2015 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor qoldiq mahsulotlar 30,6 mlrd. so'mni tashkil etadi, 2014 yilning 1 oktyabr holati bo'yicha bu ko'rsatkich 45,6 mlrd. so'mni tashkil etgan. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

O'tkazilgan VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2015 yil uchun 139,9 mlrd. so'm miqdorida 164 ta shartnoma tuzildi. Joriy yilning 9 oyi davomida 111,2 mlrd. so'm miqdorida shartnomalar tuzildi yoki prognozga nisbatan 100,3%.

2015 yil uchun tsement ishlatish balansini bajarish va tsement ishlab chiqarish bo'yicha 2015 yilning 9 oyi uchun 5951,7 ming tn. tsement ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 106,1% ni va 2014 yilning shu davriga nisbatan 107,2% ni tashkil etadi.

Tuzilgan shartnomalarga asosan tsement o'z vaqtida etkazilmoqda, O'zbekiston Respublikasi tovar va xom-ashyo birjasi birja savdolari orqali etkazib berish 130% ga bajarildi.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2015 yilning yanvar-sentyabr oylari uchun mahsulot tannarxi 86,23 mlrd. so'mga yoki 10% ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash – 0,7%, xom-ashyo va materiallar uchun harajatlarni optimallashtirish – 3,2%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari – 3,1%, qo'shimcha va boshqa harajatlar – 3,0% ga kamaydi.

Hisobot davrida kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan 275 mlrd. so'm miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmidagi salmoq o'lchovi 16,5% ni tashkil etdi, 2014 yilning 9 oyi bo'yicha bu ko'rsatkich 14,5% ni tashkil etgan.

2015 yilning 9 oyi mobaynida tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini tashkil etish va kasanachilikni rivojlantirish Manzilli dasturiga asosan 583 ta ish o'rinlarini tashkil etish ko'zda tutilgan edi, amalda 604 ta ish o'rni tashkil etildi, shu jumladan, investitsiya dasturi bo'yicha 218 ta ish o'rni, sohani rivojlantirish dasturi bo'yicha 296 ta ish o'rni va kasanachilikni rivojlantirish dasturi bo'yicha 90 ta ish o'rinlari tashkil etildi. Yangi ish o'rinlarini tashkil etish prognozi 103,6% ga bajarildi.

«Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturini bajarish bo'yicha 2015 yilning 9 oyi davomida sog'liqni saqlash ob'ektlariga 54,7 ming tn., “Muruvvat” va “Sahovat” uylariga 7,3 ming tn. tsement etkazib berildi.

Hisobot davrida 156,3 mln. so'm miqdorida yoki davr prognoziga nisbatan 100,2% sog'liqni saqlash, sanatoriya-kurort xizmatlari ko'rsatildi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 45.50 KB


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech