2017 yil 3 choragi uchun “O'zqurilishmateriallari” AJ ish yakunlari

“O'zqurilishmateriallari” AJninig 2017 yil 9 oylik yakunlari

2017 yil 9 oylik yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2432,8 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 107,3 %ni tashkil etdi.

219,0 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan 109,6%ni tashkil etdi.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 5912,9 ming tn. yoki 2016 yil 9 oyiga nisbatan 101,3%, quruq aralashmalar - 55,9 ming tn. (108,4%), sopol plitkalar - 2088 ming kv.m (2,3 marta), qurilish gipsi 59,6 ming tn. (108,5%), shifer - 101,6 ming tn. (105,6%), devorbop materiallari - 45,1 mln. dona (112,4%), sanitar texnik keramikasi - 36,5 ming dona va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 78,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 101,8%ni tashkil etdi.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 40,4 mlrd. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 152,9 %ni tashkil etadi.

2017 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-son qarori) “O'zqurilishmateriallari” AJ bo'yicha umumiy o'zlashtirish qiymati 72,4 mln. AQSh doll. miqdorida 13 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan. 2017 yilning 9 oyligida 52,7 mln. AQSh doll. miqdorida investitsiya mablag’lari o’zlashtirilib, prognoz 101,5%ga bajarildi.

2015 - 2019 yillarda tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan 2017 yilning 9 oyligida 13,7 mln. AQSh doll. miqdorida investitsiya o'zlashtirildi.

2016-2020 yillarda qurilish sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq., O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan 2016 yil 28 sentyabrdagi PQ-2615 bilan 2016-2020 yillarda qurilish sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 80 ta loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. 2017 yil 9 oyligida 18,6 mln.AQSH doll. miqdorida mablag’lar o’zlashtirildi va 7 korxona ishga tushirildi.

O'tkazilgan texnik audit natijalariga asosan kompaniya korxonalari tomonidan 2017 yil uchun ma'naviy va jismonan eskirgan uskunalarni ishlab chiqarishdan chiqarish va yangilash bo'yicha loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallari ishlab chiqildi. 2017 yil 9 oyligida umumiy qiymati 6,7 mln AQSH doll. ga teng 21 ta texnik uskuna yangilandi.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2017 yilning 1 oktabr holatiga ko'ra debitor qarzdorlik 318,4 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 91,1%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2017 yilning 1 oktabr holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 259,1 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 98,7%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha “O'zqurilishmateriallari” AJ tarkibidagi korxonalarning aylanma mablag'lar yetarli.

2017 yilning 1 oktabr holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldig’i 27,8 mlrd. so'mni tashkil etadi. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

O'tkazilgan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2017 yil uchun 240,2 mlrd. so'm miqdorida 375 ta shartnoma tuzildi. 2017 yilning 1 yarim yilligida amalda 144,1 mlrd. so'm (100,0%) miqdorida xaridlar amalga oshirildi.

2017 yil uchun tsement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi bo'yicha 2017 yilning 9 oyligida 6744,2 ming tn. tsement ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 101,0% ni tashkil etdi.

2017 yil yanvar-sentabr holatiga Mahsulot tannarxi 79,4 mlrd. so'mga yoki 8,1%ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash - 0,8%, xom-ashyo va materiallar uchun harajatlarni optimallashtirish - 2,7%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari - 3,4% boshqa harajatlar - 0,5% ga kamaydi.

2017 yilning 9 oyligida kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan 418,1 mlrd. so'm miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlar hajmidagi salmoq o'lchovi 17,2%ni tashkil etdi.

Tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini yaratish va kasanachilikni rivojlantirish manzilli dasturiga asosan amalda 704 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi. 9 oylik pragnoz bo’yicha 106,3 %ga bajarildi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 51.00 KB


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech