2021 yilning uchun ish yakunlari

“O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2021 yil yakunlari

2021 yil yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 9905,7 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 130,1 %ni tashkil etdi. 350 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 10086,9ming tn yoki 2020 yilning mos davriga 109%, qurilish oyna – 28 mln.kv.m 2 mm shartli ravishda (138,5%)ga, sopol plitkalar – 16,8 mln.kv.m (121,1%), gipsokarton- 39,6 mln.kv.m (103,2%)ga, гул қоғоз (обой) -2171,6 mln. o’ram (124,7) va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yil uchun 438 mln. AQSh dollarini tashkil etib, bu prognoz davrining 162 foizini tashkil etadi.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 923 mlrd. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarildi, va 2020 yilga nisbatan 117,2% ko’payganligini bildiradi.

2021 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo'yicha umumiy o'zlashtirish qiymati 353,2 mln. AQSh doll. miqdorida 45 ta loyiha amalga oshirildi. Hisobot choragida 215,5 mln. AQSh dollari miqdorida mablag 'o'zlashtirildi, bu prognoz davrining 107,8% ni tashkil etadi.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning aylanma mablag'lar yetarli.

Byudjetga va byudjetdan tashqari jamg'armalarga to'lovlar bo'yicha kechiktirilgan qarzlar mavjud emas.

Sement ishlab chiqarish va iste'mol qilishning moddiy balansiga ko'ra, 2021 yil davomida 10086,9 ming tonna sement ishlab chiqarildi, bu davr prognoziga 82,1%.

Hisobot davri natijalariga ko'ra birja orqali 9116,2 ming tonna sement sotish ta'minlandi, bu esa prognozning 96,3% ni tashkil etadi.

2021 yil uchun mahsulot tannarxi 64,3 mlrd. so'mga yoki 2,3%ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash - 0,8%, xom-ashyo va materiallar uchun harajatlarni optimallashtirish - 0,1%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari - 0,3% boshqa harajatlar - 1,1% ga kamaydi.

2021 yil yakuni holatiga kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan 3260,1 mlrd. so'm miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlar hajmidagi salmoq o'lchovi 32,9%ni tashkil etdi.

2021 yilda yangi ish o'rinlari tashkil etish va kasanachilikni tashkil etish bo'yicha tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, 2500 ta ish o'rni yaratish ko'zda tutilgan, 2021 yilda 2520 ish o'rinlari yaratilgan, shu jumladan investitsiya dasturi bo'yicha - 2520 ish o'rni. Yangi ish o'rinlarini tashkil etish bo'yicha prognoz 100,8% foizga bajarildi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 133.36 KB


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech