"AKKERMANN CEMENT" MChJ kompaniyasi "OHANGARONSEMENT" AJning 98,6% ulushini sotib oldi

News image

AKKERMANN CEMENT brendi ostida birlashgan kompaniyalar guruhi Rossiyadagi eng yirik sement ishlab chiqaruvchilaridan biridir. Ushbu brend Rossiya va Qozog'istonning ko'plab hududlarida keng tarqalgan bo'lib, Shimoliy Qozog'iston, Tatariston, Orenburg va Perm viloyatlarida yetakchi o'rinni egallaydi. 2021-yilda AKKERMANN CEMENT 4 million tonnaga yaqin sement ishlab chiqardi. Kompaniyaning asosiy aktivlari Novotroitsk va Gornozavodsk sement zavodlari bo'lib, endilikda ularga OHANGARONSEMENT qo'shiladi. 2021-yil boshida OHANGARONSEMENT yiliga 3 million tonna quvvatga ega quruq usulda sement ishlab chiqaruvchi yangi zamonaviy zavodni ishga tushirdi. Yangi liniya muandis-texnologlar va ta'mirlash mutaxassislaridan yuqori malaka va ishlab chiqarish tajribasini talab qiladi. AKKERMANN SEMENT bunday zamonaviy liniyalarni samarali boshqarish bo'yicha muvaffaqiyatli tajribaga ega.

AKKERMANN SEMENT bosh direktori Konstantin Morozov: "AKKERMANN CEMENT kompaniyasining muvaffaqiyati xodimlarni rag'batlantirish va rivojlantirish, eng yaxshi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish, to'g'ridan-to'g'ri sotish va mijozlarni texnik qo'llab-quvvatlashga asoslangan. Kompaniya mahsulotlari va ko’rsatayotgan xizmatlari Rossiya Federatsiyasi va Qozog'iston Respublikasi bozorlarida ta’niqlidir. Bizning tajribamiz va biznes yuritishga bo’lgan mas'uliyatli munosabatimiz Ohangaronsementning ishchi-xodimlari, mijozlari va rivojlanishi shaharsozikka asoslangan Ohangaron shahar aholisi tomonidan munosib baholanadi, deb ishonamiz. Shaxsan men O'zbekistonda yashash va ishlash imkoniga ega bo'lganman va mehnatsevarlik, mehmondo'stlik va do'stlikning iliq xotiralari meni Ohangaronsement O'zbekistonda soha etakchisiga aylanishi uchun bor kuchimni sarflashga undaydi".

ВП (3).jpg

"USM aksiyadorlari O'zbekistonda biznesni kengaytirishdan manfaatdordir, chunki ular bu yerda katta salohiyat borligiga ishonadilar. O'sib borayotgan aholi, sifatli va arzon yangi uy-joyga bo'lgan ehtiyojning yuqoriligi, kelajakda ipoteka kreditlari orqali iste'mol talabini qo'llab-quvvatlash – bularning barchasi sementga bo’lgan talabning o'sishini ta’minlaydi. Biz oson bo’lmasligini tushunamiz – o'tgan yili O'zbekiston sement bozorida ortiqcha quvvat fazasidan o’tish va ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ham Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondan olib kelingan importlar hisobiga yuqori raqobat kuzatildi. Rossiya Federatsiyasidagi sement bozori esa uzoq vaqt davomida, yani 2015-yildan buyon ortiqcha quvvat bosqichida bo’lib kelmoqda. Bunday sharoitda AKKERMANN CEMENT yaxshi natijalarga erishdi va ishlab chiqarish va sotish bo'yicha samarali tajriba orttirdi, bundan biz O'zbekistonda albatta foydalanamiz", – deydi AKKERMANN CEMENT direktorlar kengashi raisi Anton Selyavko.

Shartnoma "AKKERMANN SEMENT"ning strategik moliyaviy hamkori Gazprombank tomonidan moliyalashtirildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech