Eng yirik UzBuild qurilish ko'rgazmasiga bir oydan oz vaqt qoldi!

News image

Sanasi: 2023-yil 28-fevral – 3-mart kunlari
O'tkazilish joyi:
"O'zekspomarkaz" MKM, Toshkent, O'zbekiston

Qurilish sanoatining 300 dan ortiq ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari 24-O'zbekiston "Qurilish – UzBuild 2023" xalqaro ko'rgazmasida yig'ilib, o'z yangiliklari va texnologiyalarini mutaxassislarga taqdim etgunga qadar bir oydan kam vaqt qolmoqda. Bu qurilish sohasidagi minglab mutaxassislar uchun muhim uchrashuvlar o'tkazish, konstruktiv tajriba almashish, qurilish sanoatidagi yangiliklarni namoyish etish bo'yicha eng yirik professional platformadir. Shuni ta'kidlash joizki, har yili eksponentlar soni ortib bormoqda, bu esa ko'rgazmaga katta qiziqishni bildirmoqda. 2023-yilda ko'rgazma maydonni kengaydi va ekspozitsiya ko'rgazma maydonining barcha pavilyonlarida namoyish etiladi.

Bu yil ko'rgazma tashrif buyuruvchilari 18 mamlakat, xususan, Avstriya, Belarus Respublikasi, Germaniya, Daniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog'iston, XXR, Koreya Respublikasi Niderlandlar, BAA, Polsha, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya, O'zbekiston, Finlyandiya kompaniyalarining ishlanmalari, yechimlari va uskunalari bilan bevosita tanishishlari mumkin. Germaniya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiyaning milliy pavilyonlari, shuningdek Tatariston Respublikasi, Boshqirdiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasining Orenburg, Volgograd, Rostov oblastlari jamoaviy stendlari ishtirok etishi va hokazolar rejalashtirilgan. Bu kompaniyalar vakillari bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borish va “birinchi qo'ldan” ma'lumot olish uchun noyob imkoniyatdir.

UzBuild 2023 ko'rgazmasining bo'limlari: Qurilish materiallari / Interyer va dizayn / Yoritishning me'moriy va dekorativ dizayni. Me'moriy va dekorativ yorug'lik. Elektrika / Derazalar, eshiklar va fasadlar / Keramika va pardozlash toshlari / Asboblar va mahkamlagichlar / Uylar qurilishi / Ko'chmas mulk / Landshaft va ko’kalamzorlashtirish.

"Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2023" ixtisoslashgan bo'limi maxsus texnika, butlovchi qismlar, yo'l qurilishi uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish uskunalari sohalarida ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining so'nggi yutuqlari va ishlanmalarini va ko'plab boshqa mahsulotlarni namoyish etadi.

Ko'rgazmaning ishchi dasturi doirasida 4-Qurilish sanoati xalqaro anjumani – ICCI bo'lib o'tadi, unda zamonaviy qurilish, qurilish materiallari ishlab chiqarishidagi eng yangi texnologiyalar va tendentsiyalari, qurilishni.

Samarali muloqot o'tkazish maqsadida har yili ko'rgazmaga nafaqat O'zbekistondan, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi va Yevroosiyo makonidan minglab qurilish sohasi ekspertlari va mutaxassislari tashrif buyurishadi.

Ko'rgazmaga tashrif buyurish uchun siz ko'rgazmaning  www.uzbuild.uz veb-saytida onlayn ro'yxatdan o'tishingiz lozim.

O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Q'zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi, "Qurilishmashlizing" AJ Respublika ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy ko'mak ko'rsatmoqda.

Tashkilotchi: Iteca Exhibitions va uning hamkori ICA Eurasia

Kontaktlar:
Gullola Nadirxanova – Loyiha direktori
Tel: + (998 71) 205 18 18

E-mail.: uzbuild@iteca.uz

Facebook: www.facebook.com/UzBuild.uz/

Web: www.uzbuild.uz
Linkedin: www.linkedin.com/company/uzbuild/

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech