- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Gulqog‘oz tanlayotganda nimaga e’tibor berish kerak?
6 Oct 2025
226
Uy intererini yangilash yoki ta’mirlashda gulqog‘oz (oboyi) tanlash muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. To‘g‘ri tanlangan gulqog‘oz xonani nafaqat chiroyli, balki qulay, iliq va keng ko‘rsatadi. Ammo bozorda turli xil material, rang va dizayndagi oboylar ko‘pligi sababli, tanlovda adashish ehtimoli ham katta. Quyida gulqog‘oz tanlayotganda e’tibor berish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar haqida to‘xtalamiz.
1. Hona turi va namlik darajasi
Avvalo, qaysi xona uchun gulqog‘oz olayotganingizni aniqlang. Har bir hona turiga mos material tanlanishi kerak:
• Yotoqxona va mehmonxona uchun nafas oladigan, ekologik toza qog‘oz yoki mato asosidagi gulqog‘ozlar tavsiya etiladi.
• Oshxona va hammom kabi nam muhitda esa namlikka chidamli vinil yoki flizelin asosidagi turlar samarali.
• Bolalar xonasi uchun gipoallergen va oson tozalanadigan, zararsiz moddalarsiz materiallar tanlanishi lozim.

2.Rang va bezak uyg‘unligi
Gulqog‘oz rangi uydagi umumiy muhit va kayfiyatni belgilaydi.
• Tor xonalarda och ranglar (beje, oq, och ko‘k) xonani kengroq ko‘rsatadi.
• Katta xonalarda esa to‘q ranglar va katta naqshlar intererga chuqurlik beradi.
• Vertikal chiziqli bezaklar xonani baland ko‘rsatsa, gorizontal chiziqlar kenglik tuyg‘usini uyg‘otadi.
Shuningdek, parda, jihoz va pol rangi bilan uyg‘unlikka alohida e’tibor berish lozim.
3. Material turi va xususiyatlari
Hozirda bozorda gulqog‘ozlarning turli materiallardan ishlangan quyidagi asosiy turlari mavjud:
А)Qog‘ozli B)Vinilli C) Flizelinli D) Mato (tekstil) E) Fotooboi

4. Devor holati va tayyorgarlik
Gulqog‘oz yopishtirishdan oldin devor sirtining holatini tekshiring. Agar devor notekis yoki nam bo‘lsa, gulqog‘oz tez ajralib ketishi mumkin. Bunday hollarda relefli (texture) oboylar tanlash tavsiya etiladi.
5. Yopishtirish va parvarish
Ishlab chiqaruvchi tavsiya etgan kley turini tanlang va harorat hamda namlikni nazorat qiling. Yuviladigan oboylar faqat yumshoq latta va sovunli suv bilan tozalanishi kerak. Qog‘ozli turlar esa faqat quruq usulda parvarish qilinadi.
6. Sifat va sertifikatga e’tibor bering
Tanlovda mahsulotning sifat sertifikati borligi muhim. Noma’lum ishlab chiqaruvchilarning arzon mahsulotlari ba’zan xavfli moddalar (formaldegid, fenol va h.k.) chiqarishi mumkin. Shu bois, ishonchli brendlar mahsulotini xarid qilish tavsiya etiladi.
7. Dizayn va interer uyg‘unligi
Gulqog‘oz uyning umumiy ko‘rinishida asosiy rol o‘ynaydi. Katta gulli bezaklar xonani kichik ko‘rsatishi mumkin, mayda bezaklar esa xonani yengil va yorug‘ qilib ko‘rsatadi.
Gulqog‘oz tanlash — bu faqat devor bezagini emas, balki uydagi muhit va kayfiyatni yaratish jarayonidir. To‘g‘ri tanlov uyni nafaqat chiroyli, balki qulay va shinam joyga aylantiradi.
In english: What to Pay Attention to When Choosing Wallpaper