- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Navoiy viloyatida 2 trln. 675 mlrd. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqariladi
30 Sep 2025
199
Navoiy viloyati o‘zining tabiiy boyliklari bilan dunyoga mashxur. Viloyatda Mendelev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlarni uchratishingiz mumkin. Shu bois bu yerda tog‘-kon, metallurgiya, neft-gaz, kimyo sanoati yil sayin taraqqiy etib bormoqda. Shular qatori qurilish materiallari sanoatida ham o‘sish kuzatilyapti. Sohaga zamonaviy texnika va texnologiyalar joriy etilmoqda, ko‘plab loyihalar hayotga tadbiq etilyapti, shu bilan birga yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda va mavjudlari modernizatsiya qilinmoqda. Natijada, yangi turdagi sifatli va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilyapti.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Navoiy viloyatida joriy yilda 2 trln. 675 mlrd. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Jumladan, joriy yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarish hajmi 2 trln 252,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, o‘tgan 9 oyda hududda 66 971 ming. dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida esa 566,4 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Viloyatda investitsiya dasturlari doirasida joriy yilda jami 568 mln. dollar shundan 297 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida amalda jami 199,6 mln. dollar o‘zlashtirildi.

Navoiy viloyatida 2024-yilda mavjud quvvatlarning oshirilishi, yangi loyihalarning ishga tushirilishi hamda energotejamkor, yangi turdagi mahsulotlarni eksportga jalb qilish natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga oshirib 2,6 trln. so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. Xususan, Karmana tumanida Xitoyning “Tiancheng stone” MCHJ XK tomonidan 80 mln. dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga yillik quvvati 1 mln. kv.m, 200 ming tonna bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihani 2024-2026-yillarda bosqichma-bosqich ishga tushirilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, "Shiji Jianfa Stone" MCHJ XK tomonidan granitni qazib olish va qayta ishlashni tashkil etish orqali 100 mln. dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirish rejalashtirilgan.