O‘zbekiston-Iroq ishbilarmon doira vakillari uchrashishdi

News image

O‘zbekiston-Iroq biznes forumi doirasida IMZO kompaniyasining ishlab chiqarish maydonida qurilish materiallari sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Iroq Respublikasidan kelgan 150 dan oshiq ishbilarmonlar doira vakillari, mahalliy tadbirkorlar va bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Barchaga ma’lumki, IMZO kompaniyasi alyumin profillari, zamonaviy oyna va eshik romlar, shuningdek, fasad yechimlari ishlab chiqarish bo‘yicha Respublikada yetakchi hisoblanadi. Korxona eksport salohiyati bo‘yicha eng yiriklardan biri hisoblanadi: bu yerda qariyb 2 500 nafar xodim mehnat qiladi. Yillik eksport hajmi 20 ming kv. metrni tashkil etadi, ishlab chiqarish majmuasining umumiy maydoni esa 16 gektar.

IMG_2882.jpg

IMG_2896.jpg

IMG_2902.jpg

IMG_2909.jpg

Tashkil etilgan qurilish materiallari sanoat ko‘rgazmasida 25 ta qurilish materiallari sanoati kompaniyalari o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. E’tiborlisi, ishtirokchilarning jami yillik eksport hajmi 150 mln. AQSH dollariga yetadi. Made in Uzbekistan yorlig‘i ostidagi bazalt mahsulotlari, gulqog‘oz, keramik plitka, alyumin profillari, lak-bo‘yoq, tabiiy pardozbop toshlarga mehmonlarda qiziqish katta bo‘ldi. Tadbir davomida O‘zbekiston qurilish materiallari sohasi haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.

IMG_2910.jpg

IMG_2922.jpg

IMG_2918.jpg

IMG_2931.jpg

Bunday infratuzilma mamlakatimizda sohaviy ko‘rgazmalar, taqdimotlar va yirik ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratayotgani bilan ahamiyatlidir.

Aynan shunday yirik va zamonaviy obyektlar orqali delegatsiya O‘zbekistonning sanoat salohiyati bilan amaliy tanishuvni boshlamoqda.

photo_2026-01-13_12-01-31.jpg

photo_2026-01-13_12-01-32.jpg

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech