- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- O‘zbekiston – Rossiya hamkorligi yanada kuchaymoqda!
20 Aug 2025
290
Kazan shahrida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi v.v.b. Ilyos Raximov, Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin va Tatariston rahbari Rustam Minnixonov uchrashuv o‘tkazdi.
Unda ikki davlat o‘rtasida qurilish materiallari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo aloqalarini mustahkamlash, eksport-import ko‘rsatkichlari, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha so‘z yuritildi. Shuningdek, Tatarisan Respublikasiga eksportni kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoati haqida taqdimot o‘tkazildi. Xorijiy davlatlardagi qurilish materiallari savdo uylari, shourum va omborlar haqida ham ma’lumotlar berildi. Tatariston Respublikasida "made in Uzbekistan" yorlig‘i ostidagi mahsulotlar savdo nuqtalarini ochish va ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yaqin yillarda Rossiya Federatsiyasiga qurilish materiallari eksporti yanada ortishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda Rossiyaga O‘zbekistondan 14 ta turdagi jami 202,3 mln dollarlik qurilish materiallari va xom-ashyo mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.
2025-yil yanvar-iyul oylari bo‘yicha O‘zbekistondan qo‘shni davlatga 13 ta turdagi jami 140,0 mln dollarlik qurilish materiallari va xom-ashyo mahsulotlari eksport qilingan.

Shuningdek, 2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga 14 ta turdagi jami 222,8 mln dollarlik qurilish materiallari va xom-ashyo mahsulotlari importi amalga oshirilgan.
2025-yil yanvar-iyul oylarida esa 14 ta turdagi jami 64,4 mln dollarlik qurilish materiallari va xom-ashyo mahsulotlari yurtimizga olib kelingan.