“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro intizomi hisoboti

News image

Bugun brifingda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov “Qurilish materiallari sohasida ijro intizomi tahlili” haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayon topshiriqlari, shu jumladan, xorijiy davlatlarga tashriflari yakunlari bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”da berilgan topshiriqlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va bayon topshiriqlari ijrosining bajarilishini ta’minlash yuzasidan Uyushmada kunlik monitoring yo‘lga qo‘yilgan.

Uyushma Boshqaruvining yig‘ilishlarida ijro intizomini mustahkamlash masalalari doimiy ravishda muhokama qilib borilmoqda.

Uyushma asosiy ijrochi bo‘lgan 2025-yil sentyabr oyida bajarilishi belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13 ta, Prezident Administratsiyasi rahbarining 1 ta, Vazirlar Mahkamasining 1 ta topshiriqlari ijrosi to‘liq ta’minlandi.

“edo.ijro.uz” elektron tizimida 2025-yil 15-oktyabr holatiga;

Uyushma asosiy ijrochi bo‘lgan 2025-yil oktyabr oyida bajarilishi belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 ta topshiriqlaridan 4 ta, Prezident Administratsiyasi rahbarining 1 ta, Vazirlar Mahkamasi qarorining 1 ta topshirig‘i bajarildi.

Topshiriqlarning ijro holati rahbar huzurida har haftaning dushanba va juma kunlari mas’ul ijrochilar hisobotlari eshitilgan holda muhokama qilib boriladi.

Prezident hujjatlari asosida berilgan 832 topshiriqdan 718 tasi bajarildi, 114 tasi ijroda.

Prezident Administratsiyasi rahbarining 60 topshiriqdan 37 tasi bajarildi.

Vazirlar Mahkamasi hujjatlari asosidagi 365 topshiriqdan 355 tasining ijrosi amalga oshirildi.

Uyushma asosiy ijrochi sifatida yil yakuniga qadar Prezidentning yana 37 ta muhim topshiriqlarini bajarishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan ma’lumotlar Uyushmaning rasmiy veb-sahifalarida joylashtirib borilmoqda.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech