“OHANGARONSEMENT" AJ tashkil etilganiga 60 yil bo’ldi

News image

“OHANGARONSEMENT" aksiyadorlik jamiyatida korxonaning 60 yillik yubileyiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Unda korxona bosh direktori Gennadiy Kulikov, Ohangaron shahar hokimi Akram Eshonqulov, "O'ZSANOATQURILISHMATERIALLARI" uyushmasi boshqaruv raisining o'rinbosari Bahodir Ismoilov va korxonaning biznes hamkori "AKKERMANN CEMENT" kompaniyasining rahbari Konstantin Morozov yig’ilganlarni sana munosabati bilan tabrikladi.

1.jpg

Ohangaron sement zavodi tog' oldida joylashgan kichik shaharchada sement zavodining qurilishidan boshlab, to ishlab chiqarish usuli bo'yicha bir vaqtning o'zida ikki xil, ya’ni an'anaviy "ho'l" va yuqori texnologiyali "quruq" usuldagi zavodlarga ega noyob sement korxonasigacha bo’lgan uzoq tarixiy yo'lni bosib o'tdi.

2.jpg

Yarim asrdan ortiq vaqt mobaynida korxona sharafli davrlar: texnologik yutuqlar, asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini ochish va modernizatsiya qilish va shu bilan birga muammoli qiyin davrlarni ham boshdan kechirdi. Korxonaning tarixiy bosqichlarida sement zavodining to'rtta liniyasini ketma-ket qurish va ishga tushirish; shifer, asboquvurlar, olovga bardoshli chamot g'isht, mineral momiq, akustik plitalar kabi qurilish materiallari ishlab chiqarishni o'zlashtirish, 80-yillarda korxonaning ishlab chiqarish birlashmasi maqomidagi ravnaqi, 90-yillardagi iqtisodiy islohotlarning qiyinchiliklarini bartaraf etish va ishlab chiqarishni bozor talablariga moslashtirish davrlari qayd etilgan. 2006-yil korxonaning "YEVROSEMENT grup" xoldingi tarkibiga kirishi korxona tarixidagi yangi bosqich bo’di. Bu davrda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan takomillashtirishga keng ko'lamli investitsiyalar kiritildi.

Joriy yil boshida yiliga 3 million tonna quvvatga ega bo’lgan "quruq" usulda sement ishlab chiqaruvchi yuqori texnologiyali zavodning ishga tushirilishi "OHANGARONSEMENT" AJ yubileyiga o’zgacha sovg'a bo'ldi. Bu "OHANGARONSEMENT" negizida tashkil etilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish innovatsion klasterining asosiy loyihasidir. Ishlab chiqarish quvvatlari to’liq o’zlashtirilgach, bu zavod Yevropa ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologiyali uskunalari bilan jihozlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik zavod, jahon sement sanoatining eng samarali va zamonaviy korxonalaridan biri bo'ladi.

3.jpg

Korxonaning oltmish yillik faoliyati davomidagi yutuqlari, jumladan malakali qurilgan "ustoz-shogird" zanjiri, bilim va ko'nikmalar otadan o'g'ilga bevosita o’tadigan mehnat sulolalari evaziga ham erishildi. Korxonada ota-onalari zavod qurilishida ishtirok etgan, uni 1961-yilda ishga tushirgan sulolalar vakillari hozir ham faoliyat yuritadilar. Ular Abdullaevlar, Do’sovlar, Qo'shmatovlar, Mirzayevlar, Rafiqovlar, Suxenko-Davronovlar, Turg’unovlar, Umaraliyevlar, Hamdamovlar, Xusanxonovlar, Yo’ldoshovlar va boshqa ko'plab sulolalar vakillaridir.

Yubiley arafasida xodimlarni tayyorlash an'analarini davom ettirgan holda korxona bosh direktori Gennadiy Kulikov yosh mutaxassislar va ularning ustozlarini bir davra atrofiga yig'di. Ikki avlod uchrashuvi chog'ida katta avlod vakillari yosh hamkasblarining savollariga bajonidil javob berdilar, yoshlarni qiziqtirgan mavzular yuzasidan bahs-munozaralarga kirishdilar. Yosh mutaxassislar ishlab chiqarish faoliyatini kuzatish jarayonida yuzaga keladigan ilmiy-tadqiqotga oid farazlariga ustozlar yordamida aniqlik kiritdilar.

4.jpg

Tadbir dasturi doirasida korxonaning hurmatli faxriylari va o'ttiz-qirq yildan ortiq vaqt davomida mehnat qilgan korxonaning eng yaxshi xodimlariga yubiley medallarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir ishtirokchilariga zavodning yubileyi uchun maxsus tayyorlangan film namoyish etildi. Film ijodkorlari korxonaning 60 yillik tarixi asosida o'z baxtini sement zavodida yarata olgan insonlar haqida hikoya qilganlar.

Yubiley tantanasi "Sado" guruhi, "Mo’jiza" raqs ansambli va O'zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech