- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallari sanoati rivoji raqamlarda
29 Sep 2025
157
Qashqadaryo viloyatda 2025-yilda 2 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Jumladan, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqarish hajmi 1 trln 521 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, o‘tgan 9 oyda hududda 2,2 mln. dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi. Viloyatda mahalliylashtirish dasturi doirasida esa 356 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Viloyatda investitsiya dasturlari doirasida joriy yilda viloyatda jami 70,4 mln. dollar, shundan 31,2 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida amalda jami 51,0 mln. dollar o‘zlashtirildi.

Qashqadaryo viloyatida 2025-yilda mavjud quvvatlarning oshirilishi, yangi loyihalarning ishga tushirilishi hamda energotejamkor, yangi turdagi mahsulotlarni eksportga jalb qilish natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga oshirib 2,0 trln. so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.
Xususan, Qamashi tumanida Ozarbayjonning “Matanat” MCHJ XK tomonidan birinchi bosqichda 20 mln. dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga yillik quvvati 150 ming tonna bo‘lgan gips mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihani joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
E’tiborlisi, ikkinchi bosqichda 30 mln. dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga 2026-yilda qiymati yillik quvvati 20 mln. kv. metr bo‘lgan gipsokarton ishlab chiqarish loyihasi ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu ikkita loyihani ishga tushirish natijasida yiliga 40 mln dollarlik gips mahsulotlari va gipsokarton ishlab chiqarilib, shundan, 8,0 mln dollar eksport qilinadi.
Kitob tumanida Avstriyaning “Lasselsberger Group” kompaniyasi tarkibidagi “LB Minerals” korxonasi tomonidan qiymati 15 mln. dollarlik yillik quvvati 250 ming tonna mikrokalsit va quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha 2025-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Natijada, yiliga 25 mln. dollarlik qurilish materiallari ishlab chiqarilib, shundan, 3 mln. dollar eksport qilinadi.