- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “Qizilqumsement” AJ – O‘zbekiston sement sanoatining yetakchi korxonasi
24 Sep 2025
353
O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan sharoitda sement ishlab chiqarish sohasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizdagi eng yirik va tarixiy zavodlardan biri — “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda ham ichki bozor, ham tashqi bozorda o‘z o‘rniga ega.
“Qizilqumsement” AJ 1977-yilda Navoiy shahrida ishga tushirilgan. Uning qurilishi va ishga tushirilishi mamlakatda qurilish ishlarini ta’minlash, yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini barpo etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Korxona yillik 5 million tonnadan ziyod sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bugungi kunda zavodda portlandsementning turli markalari, sulfatga chidamli va maxsus turdagi sementlar ishlab chiqariladi.

Bu yerda kuniga 15 ming tonna sement tayyorlanadi. “Qizilqumsement” AJning mahsulotlari nafaqat ichki bozorga balki eksportga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston sement bozorida korxonaning ulushi yuqori bo‘lib, u ichki talabning katta qismini qoplab kelmoqda.
So‘nggi yillarda zavodda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar joriy etildi. Bu o‘zgarishlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirdi, mahsulot sifatini xalqaro standartlarga moslashtirdi. Hozirda korxona ishlab chiqarish jarayonida 4 ta liniya mavjud bo‘lib, barchasi to‘liq quvvatda ishlamoqda. Shu bilan birga, ekologik barqarorlikni ta’minlashga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Korxonada ekologik nazorat kuchaytirilgan. “Yashil makon” dasturi doirasida Yashil belbog‘ yaratishda doim yetakchi.
Korxonada minglab mutaxassis va ishchilar mehnat qiladi. Bu nafaqat Navoiy viloyati, balki butun mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayoti uchun muhim ahamiyatga ega.
“Qizilqumsement” AJ – O‘zbekistondagi sement sanoatining flagmani, mamlakatdagi yirik qurilish loyihalari va infratuzilmasini barpo etishda strategik ahamiyatga ega. Modernizatsiya, sifat va eksport imkoniyatlarining kengayishi korxonani nafaqat milliy, balki mintaqaviy bozorda ham yetakchi o‘rinda saqlab kelmoqda.