Qoraqalpog‘istonda yirik sanoat loyihasi: “Qoraqalpoq Basaltwool” ish boshladi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yildagi 573-sonli qarori hamda Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yana bir zamonaviy sanoat korxonasi ishga tushirildi.

Xususan, Nukus shahridagi kichik sanoat zonasida “Sanoat ipotekasi” dasturi asosida “Qoraqalpoq Basaltwool” MCHJ tomonidan bazalt toshidan issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqarish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu loyiha bankning “SQB Capital” investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda hayotga tatbiq etildi. Ochilish marosimida Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, sohaviy tashkilotlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

photo_2025-12-25_15-17-28 (2).jpg

photo_2025-12-25_15-17-28.jpg

photo_2025-12-25_15-17-29 (2).jpg

photo_2025-12-25_15-17-29.jpg

Loyihaning umumiy qiymati 63,2 million AQSH dollarini tashkil etib, shundan 21,1 million dollari tashabbuskorning o‘z mablag‘lari, 42,1 million dollari esa bank krediti hisobidan moliyalashtirildi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 50 ming tonna bo‘lib, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Alohida ta’kidlash joizki, loyiha doirasida Yevropa davlatlarining Germaniya, Italiya, Latviya, Litva, Polsha va Chexiya kabi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan yuqori texnologik asbob-uskunalar olib kelinib, ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etildi. Bu esa mahsulot sifati va eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

photo_2025-12-25_16-31-35.jpg

photo_2025-12-25_16-31-40.jpg

Korxona to‘liq ishga tushirilishi natijasida:

• 200 milliard so‘mlik qo‘shimcha qiymat yaratiladi;

• 10 million dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltiriladi;

• davlat byudjetiga 30 milliard so‘mga yaqin tushum ta’minlanadi;

• 300 nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, mazkur loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasining issiqlik saqlovchi materiallarga bo‘lgan ichki talabini to‘liq qoplash imkonini berib, hududning qurilish materiallari eksporti hajmini kamida 3 barobarga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

photo_2025-12-25_16-31-44.jpg

Mazkur loyiha mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech