- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qurilish materiallari sanoat korxonalarida “Yashil belbog‘” barpo etish eng muhim masala
4 Aug 2025
295
Qurilish materiallari sanoati atrof muhitga ta’sir xavfi bo‘yicha yuqori va o‘rta darajadagi xavfli toifaga mansub yirik korxonalari tomonidan 2025-yil bahor-kuz mavsumida “Yashil belbog‘”larni tashkil qilish “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
“Yashil belbog‘”lar barpo etishda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning yuqori va o‘rta darajadagi xavfli sanoat korxonalari (metallurgiya, energetika va yirik qurilish materiallari) tomonidan 2025-yil 1-iyun holatiga 989.2 gektar yer maydoniga 1,16 mln. tup manzarali, mevali va buta ko‘chatlari ekildi, shundan, 1-toifaga mansub (sement va xrizotil sementli qoplamalar, oyna) korxonalari tomonidan 273.7 gektar yer maydonida 319,2 ming tup va 2-3 toifaga mansub korxonalar (ohak, g‘isht, gips) tomonidan 97.5 gektar yer maydonida 258,9 ming tup manzarali, mevali va buta ko‘chatlari ekildi.


“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan bahorgi mavsumda 88.2 gektar yer maydonida 145,7 ming tup ko‘chat ekildi.
“Vazirdan-xodimgacha” dasturi doirasida Uyushmaning rahbar va xodimlari tomonidan bog‘ yaratildi, jumladan: 2024-yilda Toshkent viloyati Ohangaron shahri Sanoat zonasida joylashgan “Ohangaronsement” AJ ga tutash hududda 150 tup manzarali ko‘chat o‘tkazilib “Yashil bog‘” barpo etildi; 2025- yilda bahor mavsumi davomida Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri “Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyatiga tutash hududda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mablag‘lari hisobidan 200 tup mevali ko‘chatlar ekilib “Yashil belbog‘”lar barpo etildi.

O‘tkazilgan ko‘chatlar haqidagi ma’lumotlarni to‘la va haqqoniyligini ta’minlash maqsadida Respublika “yashilmakon.eco” elektron platformasiga kiritib borilishi ta’minlanadi.