Qurilish materiallari sohasida 1,4 mlrd. dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi

News image

Qurilish materiallari sanoatida joriy yilning yanvar-avgust oylarida 34,6 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi. Shuningdek, 675,4 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. E’tiborlisi hisobot davrida sohada 1 485 mln dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 3,0 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2025-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 53-sonli qaroriga asosan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2025-yil investitsiya dasturi doirasida 20 ta loyiha bo‘yicha 195,7 mln. dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi belgilangan.

f3ffdac549044.jpg

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida 150,2 mln. dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi (reja: 2025-yil yanvar-avgust reja 138,5 mln. dollar, bajarilishi 108,4 foiz).

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar-sentyabr oylarida davlat investitsiya dasturi doirasida Uyushmaga biriktirilgan loyihalar doirasida jami 143,3 mln. dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi belgilangan. Yanvar-sentyabr oylarida kutilish 150,2 mln. dollar bo‘lib, reja ko‘rsatkichi 104,8 foizga bajariladi.

кварц 2.jpg

Ma’lumot uchun, “Prime ceramics” MCHJ QK tomonidan qiymati 12,5 mln. dollar bo‘lgan keramik plitka ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida, 2025-yilda 6,5 mln. dollar o‘zlashtirish belgilangan. Asaka bank tomonidan 6,0 mln. dollar kredit rasmiylashtirilgan.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech