Qurilishda yong‘in xavfsizligi: xalqaro tajriba va mahalliy yechimlar bir maydonda

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “Knauf Gips Buxoro” MCHJ bilan hamkorlikda qurilish sohasi mutaxassislari uchun yong‘in xavfsizligi va qurilish konstruksiyalarining olovbardoshligi masalalariga bag‘ishlangan seminar-konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, oliy o‘quv yurti olimlari, bir qator tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi Ilyos Raximov so‘zga chiqib, yurtimizda qurilish materiallari sohasida amalga oshirilgan ishlar, gipsokarton ishlab chiqarish, ilmiy yondashuvlar haqida ma’lumot berdi.

IMG_2626.jpg

IMG_2628.jpg

Ta’kidlanishicha, – qurilish sohasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasi – nafaqat texnik, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Chunki bu yo‘nalish inson hayoti, sog‘lig‘i va mulk xavfsizligini kafolatlashda eng muhim omillardan biridir.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda qurilish industriyasi jadal rivojlanmoqda. Shu jarayonda zamonaviy, yong‘inga chidamli materiallar va tizimlarni qo‘llash, ularning me’yoriy hujjatlarga mosligini ta’minlash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

IMG_2633.jpg

IMG_2634.jpg

IMG_2636.jpg

IMG_2640.jpg

Seminarda Knauf qurilish to‘siq konstruksiya tizimlarining yong‘inga chidamlilik sinovlari natijalari va ularning yengil konstruksiyalardagi amaliyotda qo‘llanish imkoniyatlari, yonmaydigan (olovbardosh) mahalliy materiallardan qurilishda foydalanishning ustun jihatlari, mye’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqlikni ta’minlashda sinov va sertifikatlashtirish jarayonlarining ahamiyati haqida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

IMG_2644.jpg

IMG_2645.jpg

Shuningdek, Yevropa davlatlaridan xalqaro ekspertlar ishtirok etib, o‘z tajribalari va amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu tadbir qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilot va mutaxassislar uchun dolzarb bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirish, yong‘inga qarshi xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech