Tilga e’tibor – elga e’tibor

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni” hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36-yilligi bag‘ishlangan “Ona tilim - faxrim” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda uyushma boshqaruv v.v.b raisi Ilyos Raximov so‘zga chiqib, mamlakatimizda qonunga hurmat va itoat muhitini ta’minlash, jumladan, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunni hayotimizga izchil tatbiq qilishda barchamiz yuksak madaniyat va o‘zaro bir-birini anglash tuyg‘usini namoyon etishimiz lozimligi, uyushmadagi xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali ish yuritish sifatini oshirishga erishish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

IMG_2520.jpg

Shuningdek, tadbirda qatnashgan falsafa fanlari doktori (Phd), dotsent, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shahlo Ahrorova so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga tilimizni davlat tili sifatidagi maqomi, uning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirib, taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda barcha o‘z hissani qo‘shishi zarurligini amaliy misollar orqali ta’riflab berdilar.

IMG_2523.jpg

So‘zga chiqqan filologiya fanlari nomzodi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, shoir, Dilshod Rajabov o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib, hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlarga to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, U mashhur adiblarimiz Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimovlarning so‘zlaridan iqtiboslar keltirib, tadbir ishtirokchilarga hayotiy voqealardan so‘zlab berdilar hamda o‘zbek tilini ulug‘lovchi she’rlar o‘qib berdilar.

IMG_2525.jpg

Tadbir yakunida Boshqaruv raisi v.v.b raisi I.Raximov tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari berildi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech