- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Turkmanistonga qurilish materiallari eksporti oshmoqda
20 Aug 2025
278
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda boshqa sohalar kabi qurilish materiallari yo‘nalishida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida yangi quvvatlar qurib foydalanishga topshirilmoqda. Shuningdek, yangi turdagi, innovatsion, energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada “Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostidagi qurilish materiallarining nafaqat mahalliy balki, jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.
Hozirda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini xarid qilishda qo‘shni Turkmaniston davlati ham davlati yetakchilardan sanaladi. Yil sayin ushbu davlatda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2024-yilda Turkmanistonga O‘zbekistondan 13 ta turdagi jami 20,5 mln dollarlik qurilish materiallari va xom-ashyo mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.
2025-yil yanvar-iyul oylari bo‘yicha O‘zbekistondan qo‘shni davlatga 12 ta turdagi jami 11,7 mln dollarlik qurilish materiallari va xom-ashyo mahsulotlari eksport qilingan.
Shuningdek, 2024-yilda Turkmanistondan O‘zbekistonga 12 ta turdagi jami 8,9 mln dollarlik qurilish materiallari va xom-ashyo mahsulotlari importi amalga oshirilgan.
2025-yil yanvar-iyun oylarida esa 13 ta turdagi jami 6,9 mln dollarlik qurilish materiallari va xom-ashyo mahsulotlari yurtimizga olib kelingan.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan hukumat topshirig‘iga ko‘ra, qurilish materiallari eksportini yanada oshirish, bu borada tadbirkorlarga yanada ko‘maklashish maqsadida joriy yilda bir qator davlatlarda savdo uylarini ochish ko‘zda tutilgan. Jumladan, Qozog‘iston, Turkmaniston va Isroil davlatlarida savdo maskanlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Respublikada 10 mingdan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona mavjud bo‘lib, ushbu korxonalar tomonidan 2024-yilda 38 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.
Investitsiya dasturlari doirasida 2024-2026-yillarda qiymati 4,5 mlrd dollarlik 542 ta yangi loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan.