“Uzbek Import Fair 2025” — importni optimallashtirish va mahalliy kontentni rivojlantirish sari yangi qadam

News image

Bugun poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan “Uzbek Import Fair 2025” I-xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Tadbir Bojxona qo‘mitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, 7–9-oktyabr kunlari davom etadi.

Keng ko‘lamli ushbu ko‘rgazma mamlakatimizda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, xorijiy investorlar bilan samarali aloqalar o‘rnatish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashни maqsad qilgan.

photo_2025-10-07_11-41-18 (3).jpg

photo_2025-10-07_11-47-01.jpg

Tadbirning ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev, turli vazirlik ва idoralar rahbarlari, xalqaro brendlar vakillari, distribyutorlar, investorlar hamda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan tadbirkorlar va tijorat banklari masʼullari qatnashdilar.

Ko‘rgazma doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini namoyish etish, yangi hamkorlik shartnomalarini imzolash, investitsion loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyati yaratilgan.

E’tiborlisi, ko‘rgazmada nafaqat qo‘shni davlatlar, balki AQSH, Vengriya, Koreya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Slovakiya, Quvayt va Yaponiya kabi mamlakatlardan 30 ga yaqin xorijiy kompaniyalar ishtirok etish istagini bildirishgan. Bu esa “Uzbek Import Fair 2025”ni nafaqat milliy, balki xalqaro hamkorlik maydoniga aylantirmoqda.

photo_2025-10-07_12-15-04.jpg

photo_2025-10-07_12-43-01.jpg

photo_2025-10-07_13-28-45.jpg

Mazkur ko‘rgazma importni optimallashtirish orqali mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish ва xorijiy tajribalarni o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shu orqali mahalliy kontentni rivojlantirish, import hajmini kamaytirish ва eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

“Uzbek Import Fair 2025” — bu faqatgina ko‘rgazma emas, балки yangi iqtisodiy aloqalar, innovatsion yechimlar va samarali hamkorlikning boshlanish nuqtasidir. Mazkur tadbir mamlakatimizda ishlab chiqarish tarmoqlarini yanada rivojlantirish, xorijiy investorlar bilan barqaror aloqalar o‘rnatish ва “Made in Uzbekistan” брендини жаҳон бозорида кенг тарғиб этишга хизмат қилади.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech