- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Yangi imkoniyatlar va minglab ish o‘rinlari yaratiladi
13 Aug 2025
329
O‘zbekistonda qurilish sohasi yangi bosqichga chiqmoqda. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi aholi va biznes uchun energiya tejamkor, sifatli va zamonaviy materiallarni taqdim etish maqsadida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda. Asosan yangi ishlab chiqarish quvvatlari Surxondaryo, Toshkent, Andijon va Jizzax viloyatlarida yo‘lga qo‘yilyapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish materiallari sohasida joriy yilda qiymati 2,4 mlrd. dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi va natijada 16,2 ming nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.
O‘tgan yarim yilda yangi amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida jami 1 mlrd 185 mln. dollar investitsiya o‘zlashtirildi, shu jumladan 281 mln. dollarlik 101 ta loyiha ishga tushirildi. Natijada 2 977 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Davlat investitsiya dasturiga asosan Uyushmaga biriktirilgan loyihalar doirasida esa 150,2 mln. dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.
Jumladan, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida “Jahon invest plast” MCHJ tomonidan yirik hajmli qurilish bochkalari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi doirasida 15 mln. dollar xorijiy investitsiya va kredit o‘zlashtirildi.
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida “Surxon sendvich” MCHJ tomonidan bazaltdan issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish loyihasi doirasida 15 mln. dollar xorijiy investitsiya va kredit o‘zlashtirildi.
Belgilangan reja ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan hududlarga chiqqan holda investitsiya loyihalari o‘rganib borilmoqda. Mavjud muammolar o‘z vaqtida vakolatli tashkilotlar bilan xal qilinmoqda.

2025-yilda Toshkent viloyatida qiymati 40 mln.dollar bo‘lgan 4 ta loyiha amalga oshiriladi.
2025-yilda sohada amalga oshiriladigan 193,8 mln dollarlik 19 ta yirik investitsiya loyihalarida mahalliy kontent ulushi 32 foiz yoki 62,8 mln dollarni tashkil etadi. Xususan;
Qurilish ishlariga 48,4 mln dollar mahalliy qurilish materiallaridan hamda 13,8 mln dollar xizmatlarni tashkil etadi.
Shuningdek, kelgusi yillarda sohada metall mahsulotlari, PVX mahsulotlari, pardozbop tosh, beton va temir-beton mahsulotlari va ohak ishlab chiqarish loyihalarida 51 foiz mahalliy asbob-uskuna va jihozlardan foydalanib, ulushni oshirish rejalashtirildi. Bu nafaqat qurilish sohasida sifat va samaradorlikni oshiradi, balki minglab odamlarga yangi ish o‘rinlari yaratadi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlarini kengaytiradi.
In english: New Opportunities and Thousands of Jobs