Birja savdolarida sement narxi yana tushmoqda

News image

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 1-7-dekabr kunlari birja savdolariga 423 094,0 tonna sement qo‘yildi va undan 112 491,0 tonnasi, yaʼni 26,6% qismi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 22 498,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sement bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 637,2 ming so‘mdan 599,2 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 69 nafar xaridor ishtirok etdi.

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1-7-dekabr kunlari 35 102 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,9% ga kamdir. Ularning 32,0% birja savdolariga, qolgan 68,0% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 136,9 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejalgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 11 246 ta bitim tuzilgan.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech