- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Xorazmda 16 million dollarlik yangi gazoblok ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi
27 Aug 2025
385
Urganch shahrida “Arton Urgench Invest” MCHJ tomonidan avtoklav usulida gazoblok ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Loyihaning umumiy qiymati 16 million dollarni tashkil etib, quvvati yiliga 400 ming metr kub gazoblok ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Texnologik uskunalar Xitoydan olib kelingan bo‘lib, zarur xom-ashyo — kvars qum, ohak, sement va gips mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadi. Korxona qariyb 5 gektar maydonda joylashgan. Bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetkazib beriladi.




Yiliga 3 million dollarlik mahsulot Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushishi natijasida 200 nafar xorazmlik yoshlar uchun yangi ish o‘rni yaratildi. Yangi korxona faoliyati boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.


Tadbir davomida OAV va jamoatchilik uchun korxona bo‘ylab press-tur ham tashkil etildi. Unda korxonaning hudud sanoat salohiyati uchun ahamiyati, avtoklav gazobeton xususiyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi. So‘nggi rusumdagi energiya tejamkor texnologiyalar haqida xorijlik mutaxassislar ma’lumot berishdi.